Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/11/2025
Chop etish
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Fizika va texnologik ta’lim fakultetida talabalar o‘rtasida rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi tashkil etildi.


Ko‘rgazmada talabalar o‘z ijodiy ishlarida tinchlik, totuvlik, mehr-oqibat, insonparvarlik kabi yuksak g‘oyalarni tasvirladilar. Har bir rasmda millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga bo‘lgan e’tibor, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tuyg‘ulari mujassam aks etdi. Tadbir yakunida eng yaxshi ijodiy ishlar tanlab olinib, mualliflar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 727
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.