Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2025
Chop etish
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida amaliyot jarayoniga oid seminar-trening o‘tkazildi.

Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Universitetda 2025–2026 o‘quv yilida ‘4+2’ tartibidagi va boshqa turdagi amaliyotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “4+2” tartibi asosida amaliyot o‘tashning mexanizmlari, nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish, amaliyot jarayonida talaba, amaliyot rahbari va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, talaba amaliyotini tashkil etishdagi roli, hamkor ta’lim muassasalari bilan hamkorlik va monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar yakunida fakultet rahbariyati, kafedra mas’ullari va amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliyot samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yo‘nalishlar belgilab olindi.


Ulashish:
1 301
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.