Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari Bahriddinova Dildora va Umarqulova Mahliyo joriy yilning 27–28-sentabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy respublika anjumanida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir AQSH elchixonasining “Bitiruvchilar jamiyati” dasturi doirasida “The Connect. Empower. Inspire” (Birlashtirish. Imkoniyat. Ilhomlantirish) nomi ostida tashkil etildi.




Anjumanni AQSH elchisining o‘rinbosari Heather Byrnes xonim va Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ochib berib, barcha ishtirokchilarga samarali ish tiladi.


Dasturda bitiruvchilarning erishilgan yutuqlari, orttirgan tajribalari va rejalashtirilgan loyihalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim, sun’iy intellekt, innovatsiya, turizm, kon va biznes sohalari bo‘yicha qiziqarli taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitdilar.


Anjuman yakunida barcha qatnashchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.
