Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/03/2023
Chop etish
E’tirofga munosib ayol…

Tarix fanlari doktori, professor  «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, Faniya Axmedshina  haqida o‘ylaganimda ko‘z o‘ngimda odamiylik va olimlikni o‘zida mujassamlashtirgan, halol va  kamtarin inson  gavdalanadi.

40 yildan beri Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat ko‘rsatyotgan Faniya Axmedshinani chinakam fidoyi, xokisor, bag‘rikeng ayol desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Umrining har bir daqiqasini ilm-fan va ta’limga bag‘ishlagan ustoz  uchun bugun yana bir quvonchli kunga aylandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining kichik majlislar zali bugun ustozning xursandchilik kuniga sherik bo‘lish uchun kelgan shogirdlari va hamkasblari bilan to‘ldi. Tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining Jizzax viloyati bo‘yicha hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bobur Qodirov tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning professor Faniya Axmedshinaga yo‘llagan tabrik xati o‘qib eshttirildi.

E’tirof va e’tibordan mamnun ustoz  buning barchasi faqat halol mehnati ortidan ekanligini bot-bot ta’kidlaydi.

“Tabriklar, qutlovlar hali tingani yo‘q. Meni kamtarona mehnatimni yuksak qadrlagan yurtboshimga raxmat. Olim odam boy bo‘lmasligi mumkin, ammo xor ham bo‘lmaydi deyishadi…Umrimning eng go‘zal damlari shogirdlarim, talabalarim davrasida o‘tayapti. Bir insonnig 100 nafar farzandi bo‘lmasligi tabiiy…,100 dan ziyod shogirdi bo‘lishi rost. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovning tabrik xatini eshitib ko‘nglim ko‘tarildi. Xursand bo‘ldim. Hayajonim cheksiz…oddiy bir o‘qituvchiga bundan ortiq e’tibor bo‘lishi mumkinmi? ”-deydi professor, Faniya Axmedshina.

“Olimdan hashamatli imoratlar, mol-dunyo emas. Yaxshi nom, ulkan ma’naviy meros qoladi. Faniya Abzalovna manfaat nimaligini bilmaydigan, o‘ziga ortiqcha baho bermaydigan, samimiy va kamtar, shogirdlariga cheksiz ehtirom ko‘rsatadigan insondir. Olimlik chin ma’noda, fidoyilik deganidir.  Fidoyi va haqiqiy ustoz Faniya Abzalovnaga mana shunday yuksak mukofot “Mehnat shuhrati” ordeni muborak bo‘lsin”-deydi universitet rektori prof. Sh.Sharipov

Tadbirda opaga havas qilib unga tilak bildirganlar ko‘p bo‘ldi. Tadbir juda chiroyli o‘tdi. Gullar o‘z egasiga topshirildi. Eng chiroylisi esa hali gullarga, hali tabriklarga  mahliyo bo‘lib turgan opaning baxtdan yashnab turgan  nurli chehrasi edi.

                                                                                                                                                                                             Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati


Ulashish:
1 314
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...