Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
07/11/2022
Chop etish
E’LON.

Adabiyotga oshno, ijodkor talabalar diqqatiga!

Jizzax  davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 9-dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» munosabati bilan “Eng yaxshi insho” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:

1️⃣ Fakultet bosqichi — 10-noyabr;

2️⃣ OTM bosqichi — 18-noyabr;

3️⃣ Respublika bosqichi — dekabr oyining birinchi o’n kunligida.

✍️ Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi 2 ta mavzudan ixtiyoriy birini tanlab insho yozishlari talab etiladi:

1️⃣ “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori”;

2️⃣  “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”.

🏆 Tanlovning universitet bosqichi g’oliblari universitetning diplomlar hamda  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun tahsil olayatgan fakultetingiz yoshlar ishlar boʻyicha dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Fakultet bosqichining 1, 2, 3-o’rin sohiblari universitet bosqichiga yo’l oladi.

Tanlov haqidagi toʻliq maʼlumotlarni tanlov nizomi bilan tanishgan holda bilib olishingiz mumkin.

 


Ulashish:
630
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.