Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2025
Chop etish
Doktorantlar bilan navbatdagi yuzma-yuz muloqot.

Jizzax davlat pedagogika universitetida doktorantlar bilan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda.

Bugun universitet rektori Maqsudjon Yuldashev tashabbusi bilan doktorantlar bilan navbatdagi — bu o‘quv yili boshlanganidan beri uchinchi — yuzma-yuz suhbat tashkil etildi.Uchrashuvda 3-kurs doktorantlar o‘z ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ishtirok etdilar. Muloqot davomida rektor har bir doktorant bilan shaxsan suhbatlashib, ilmiy ishni yakuniga yetkazishda duch kelayotgan muammo va to‘siqlar, shuningdek, universitet tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va imkoniyatlar haqida so‘radi.

Rektor ayniqsa, ilmiy ishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan yoki himoyaga chiqish jarayonida qiyinchilikka duch kelayotgan doktorantlar bilan ham alohida suhbatlar o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammolar quyidagilar bilan bog‘liq:

  • ilmiy ishni yakunlash uchun zarur tadqiqot bazasi va ma’lumotlarga yetarlicha ega emaslik;

  • ilmiy rahbar va doktorant o‘rtasidagi ish jarayonida uzilishlar;

  • himoya jarayonlari va taqdimot tayyorgarligida metodik ko‘mak yetishmasligi.

Muloqot davomida doktorantlar ilmiy ishlarning joriy holati haqida axborot berdilar va himoyaga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, ular PhD dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonini yengillashtirish, ekspertlar va maslahatchilar bilan samarali hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladilar.Rektor Maqsudjon Yuldashev 20 nafar doktorantning har biri bilan suhbatlashib, aniq muammolarni belgilab oldi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli fakultet dekanlariga, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi va mas’ullariga aniq topshiriqlar berdi.

Ushbu muloqotning asosiy maqsadi — doktorantlarning ilmiy izlanishlarini amaliy natijaga olib chiqish, ularning himoya jarayonida yuzaga kelayotgan byurokratik va tashkiliy to‘siqlarni bartaraf etishdir.Universitet rahbariyati ta’kidlashicha, doktorantlar endi o‘z muammolarini tegishli mas’ullar yoki prorektorlar orqali bevosita yetkazishlari mumkin. Har bir murojaat shaxsan ko‘rib chiqiladi va hal etish uchun mas’ul shaxslar belgilanadi.

Muloqot oxirida rektor doktorantlarni faol bo‘lishga, ilmiy natijalarni amaliy ahamiyatga ega ishlanmalarga aylantirishga va himoyani o‘z vaqtida, sifatli yakunlashga chaqirdi.


Ulashish:
2 019
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.