E’lonlar
E’lonlar
|
29/09/2026
Chop etish
DIQQAT, TANLOV!

Xotin-qizlar o‘rtasida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovi boshlandi!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan xotin-qizlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish maqsadida tanlov tashkil etilmoqda.

👩‍🔬 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar o‘z loyihalari bilan qatnashishi mumkin.

💡 Tanlov yo‘nalishlari:

  • raqamli va texnologik innovatsiyalar;
  • yashil va agroinnovatsiyalar;
  • tibbiy va bioinnovatsiyalar;
  • energetika;
  • ta’lim va ijtimoiy innovatsiyalar;
  • sanoat va ishlab chiqarish;
  • ixtiro va yangi texnik yechimlar;
  • tijoratlashtirilgan innovatsion loyihalar.

🗂 Loyihani qanday taqdim etish kerak?
Loyihalar Innomarket.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Unda loyiha nomi va tavsifi, mahsulot turi, muallif tashkiloti, intellektual mulk hujjatlari, investitsiya zarurati, yechilayotgan muammo, loyiha rasmlari va taxminiy narxi ko‘rsatiladi. Mavjud sertifikat, texnik hujjatlar, sinov va joriy etilganlik ma’lumotlari ham taqdim etilishi mumkin.

🏆 G‘oliblarni nima kutmoqda?
Tanlov yakunida TOP-100 innovatsion loyiha saralab olinadi. Ularning mualliflari sertifikat va mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, TOP-100 loyiha mualliflariga «InnoWeek.Uz–2026» doirasida loyihalarini namoyish etish, investitsiya jalb qilish, tijoratlashtirish, texnologik hamkorlik o‘rnatish va ishlanmalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yaratiladi.

🗓 Muhim sanalar:
📌 30-sentyabr 2026-yil, soat 23:59 gacha — loyihalar qabul qilinadi.
📌 1–15-oktyabr — ekspertlar tomonidan saralash.
📌 27–29-oktyabr — TOP-100 loyihalar ko‘rgazmasi va g‘oliblarni taqdirlash.

📍 Loyiha topshirish: Innomarket.uz

🚀 Innovatsion g‘oyangiz bormi? Imkoniyatingizni namoyon eting va loyihangizni yangi bosqichga olib chiqing!


Ulashish:
317
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.