Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2026
Chop etish
“Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” universiteda o‘tkazilgan psixologik aksiya ana shunday nomalndi.

Bugun universitetimizda Pedagogika-psixologiya hamda Inklyuziv ta’lim fakultetlari talabalari ishtirokida “Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” nomli psixologik aksiya yuqori kayfiyat va faollik ruhida tashkil etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlar psixologi X.Z. Odiljonova boshchiligida o‘tkazildi. Erta tongdan universitet hududiga kirib kelgan professor-o‘qituvchilar va talabalarni ijobiy muhit, samimiy tabassum va ko‘tarinki kayfiyat qarshi oldi.

Aksiya doirasida ishtirokchilar turli interaktiv mashqlar va psixologik shartlarda faol qatnashib, o‘z fikr va tuyg‘ularini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Maxsus psixologik mashqlar va ekspress-metodikalar orqali talabalarning ertalabki ruhiy holati aniqlanib, kunni ijobiy ruhda boshlashga xizmat qiluvchi motivatsion usullar qo‘llanildi.

Natijada mazkur aksiya oddiy tadbir emas, balki yoshlar qalbida ishonch, daxldorlik hissi va ichki kuchni uyg‘otgan ma’naviy-ma’rifiy jarayonga aylandi.

Aksiyada eng faol ishtirok etganlar Tabiiy fanlar, Aniq fanlar hamda Boshlang‘ich ta’lim fakultetlari talabalari bo‘ldilar.


Ulashish:
1 942
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.