Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2021
Chop etish
“Biz Birgamiz…”

“Biz Birgamiz…”

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan tashkillashtirilgan  qo‘shma xayr-saxovat  loyihasi ana shunday nomlandi.

Bugun davlatimiz rahbari rahnamoligida nogironlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yordamchi va reabilitatsiya, texnika vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ezgu ishlarda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. Jizzax davlat pedagogika instituti Sh.Rashidov tumani hokimligi, “Sog‘lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi Sh.Rashidov tumani tayanch punkti hamkorligida  o‘tkazilgan xayr-saxovat aksiyasi bunga yorqin misoldir. Xayr-saxovat tadbiriga imkoniyati cheklangan, bolaligidan nogironligi bor iqtidorli, uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolajonlar taklif etildi. Bolajonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ma’nan dastak bo‘lish maqsadida tashkil etilgan “Biz birgamiz” loyihasi imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da ko‘pchilik tengdoshlariga namuna bo‘layotgan iqtidorli o‘quvchilarning tasviriy sa’nat ko‘rgazmasi namoyishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng “Sog‘lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi tayanch punkti qoshidagi “Bolajonim” dastasi hamda institut  badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlarga havola etildi. Tadbir davomida Sh.Rashidov tumani hokimi M.Xolbo‘taev, hamda institut rektori Sh.S. Sharipov  yaqinlashib kelayotgan muborak ayyom – Ramazoni sharif bilan qutlab,   ularning har biriga o‘z sovg‘a salomlarini ham  ulashishdi.

 

Abdulhamid Sodiqov  12  yoshda, unga go‘dakligidan “O‘sib boruvchi mushaklar distrofiyasi” tashxisi qo‘yilgan. Abdualhamid  Sodiqovning yaqinlari bilan bo‘lgan muloqot davomida bugun u boshqarayotgan nogironlik aravachasi yaroqsiz holga kelganligini ma’lum bo‘lgan edi. Abdulhamid Sodiqov bugungi bayramdan homiylar tomonidan berilgan bir olam sovg‘alar bilan qaytdi. Bu sovg‘alar qatorida so‘nggi rusumdagi nogironlik aravachasi ham bor. Sovg‘ani  unga institut rektori Sh.Sharipov topshirdi. Bugungi qo‘shma loyihaga hech kim quruq qo‘l bilan kelmadi. Tuman hokimi M.Xolbo‘taev shu yerning o‘zida unga iltimos bilan chiqqan  4 nafar imokniyati cheklangan bolajonlarga tikuv mashinasi, kompyuter olib berishga va’da berdi. Shu qatorida jami 17 nafar ishtirokchi bolajonlarga ham institut tomonidan hamda sovg‘alar topshirildi.

Yuksak mehr-muruvvat, oqibat va bag‘rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros fazilatdir. Insonlarning dardini eshitish, mushkulini oson qilish azaldan xalqimizda e’zozlangan yuksak insoniy fazilatlardan. Bir ehtiyojmand insonning dardu tashvishini eshitib, uning ko‘nglini olib, xursand qilish Ka’bani obod qilish bilan barobar deyiladi. Shu xususida mutafakkir bobomiz hazrat Navoiy shunday deydi:

KIMKI BIR KO‘NGLI BUZUQNING XOTIRIN ShOD AYLAGAY,

ONChA BORKI, KA’BA VAYRON BO‘LSA, OBOD AYLAGAY

Ko‘ngli siniq, mehrga muhtojlarga yaxshilik qilishda xayri baraka bor deyishadi. Ko‘makka, ehtiyojlilarga yaxshi qarash har bir jamiyatdagi ijtimoiy tenglikning muhim omillaridan biridir. “Biz birgamiz” xayr-saxovat aksiyasi ham ana shu ezgu niyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bir tadbir bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Buni  ko‘zlari kulib turgan, jajji qo‘lchalari, harakatlari bilan o‘z tashakkurini izhor qilishga urinayotgan bolajonlar  quvonchidan sezish qiyin emas..

G.Sharipova

Jizzax davlat pedagogik ainstituti axborot xizmati.

 

 


Ulashish:
1 760
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...