Karera markazi
Karera markazi
|
28/10/2025
Chop etish
Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar — Milliy bank bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining faollar zalida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari va bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida Jizzax viloyati Milliy bank AJ mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi kunga kelib universitetning 116 nafar bitiruvchisi va bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan jami 2 mlrd 117 mln 100 ming so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar olingan. Ushbu kreditlar orqali yoshlar o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan.

Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar va bitiruvchilar bank xodimlariga o‘z biznes loyihalarini taqdim etishdi, shuningdek, zarur axborot va amaliy maslahatlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta’minlash, ularning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 586
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.