Karera markazi
Karera markazi
|
02/06/2026
Chop etish
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim pedagogika oliy maktabi hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv va amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Milliy bank mutaxassislari tomonidan yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ishga joylashish tartiblari va mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Uchrashuv yakunida bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish va bunday tadbirlarni muntazam tashkil etib borish yuzasidan kelishuvlarga erishildi


Ulashish:
1 630
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.