Karera markazi
Karera markazi
|
01/04/2026
Chop etish
“Bitiruvchi – 2026”: bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Bo‘g‘ishamol binosida Tarix fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Unda universitet rahbariyati, viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartiblari, tanlov jarayonlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
973
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.