Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2021
Chop etish
“BIR ZIYoLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY” TAMOYILI ASOSIDA MAHALLALARDA TARG‘IBOT TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA

Jizzax viloyatida  “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tadbirlar tashkil etish maqsadida  professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilib ular ishtirokida turli tadbirlar olib borilayotgani bugun mahallada yashayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz tomonidan e’tirof etilayotgani bor gap. Xususan, Jizzax davlat pedagogika instituti nafaqat Jizzax shahridagi, balki chekka tumanlardagi mahallalarda  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib kelishmoqda. Institutning Sirtqi bo‘limi shaxrimizdagi  “Kimyogar” MFY ga  ma’naviy homiy etib belgilangan. Sirtqi bo‘limning professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalla bilan hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, yo‘l xaritasi tuzildi.

Joriy yil 30 aprel sanasida Sirtqi bo‘lim dekani A’zam Avazov  boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalardan iborat jamoa mahalladagi  “Mehribonlik uyi” ga  tashrif buyurib bolajonlar ishtirokida adabiy-badiiy tadbirlarni tashkil qilishdi. “Mehribonlik uyida” kompyuter, qo‘l mehnati, hamda tasviriy sa’nat to‘garagi a’zolariga mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek sportning futbol, basketbol turlari bo‘yia musobaqlar ham o‘tkazildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchilarga fakultet faxriy yorliqlari hamda kitoblar taqdim qilindi. Shu kuni institutda faoliyat olib borayotgan psixologlar bolalar bilan yaqindan tanishish, ularining ichki ruhiyatini o‘rganish maqsadida turli psixologik testlar va suhbatlar o‘tkazishdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturida bolajonlar dildan yayrashdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

 

 

Tadbir yakunida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga xayriya dasturxoni tashkil etildi.


Ulashish:
1 491
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.