Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2023
Chop etish
Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy tamoyili amalda

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoev 2021 yil  yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizdagi har bir mahallaga «Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy» tamoyili asosida professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilarni biriktirish orqali ma’naviy homiy etib belgilash g‘oyasini ilgari surgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ham o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. To‘garaklarga jalb qilib, bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish borasida bir qator ishlarni amalga oshirishmoqda.

Viloyatdagi eng yirik oliy ta’lim muassasasining Jismoniy madaniyat  fakulteti hamda  “Volontyorlar klubi” a’zolari ana shu ezgu maqsadni amalga oshirish niyatida  Baxmal tumani “Oyqor” qishlog‘ida  bo‘lib qaytishdi. Baxmal tumani “Oyqor” qishlog‘idagi 14 umumta’lim maktabida boshlangan tadbir kechgacha davom etdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari hamda volontyor talabalar kun davomida guruhlarga bo‘lingan holda  uyushmagan yoshlar uchun mushoiralar, adabiy uchrashuvlar, psixologik treninglar, sport bellashuvlari va boshqa ma’naviy tadbirlar tashkil etishdi.

–Har bir tadbirni qiziqarli va yoshlar uchun foydali o‘tkazishga harakat qilayapmiz, – deydi universitet yoshlar yetakchisi Farzona Adilova. – Uyushmagan yoshlarimiz uchun natijador bo‘lishiga alohida e’tibor qaratayapmiz. Masalan, bu safargi tadbirga uyushmagan yoshlar qatorida hududdagi 14-maktab hamda mahalla faollari, kam ta’minlangan xonadonlar vakillarini ham jalb etdik. Tashkil etilgan sport musobaqalarida uyushmagan yoshlar ham qiziqish bilan ishtirok etdi. Eng faol ishtirok etgan o‘quvchilar va yoshlarga faxriy yorliqlar, kitoblar sovg‘a qilib, munosib rag‘batlantirdik.

Tadbirda shuningdek Universitetning  “Jizzax city” nomli quvnoqlar va zukkolar jamoasi ko‘ngil ochar ko‘rinishlar va Talabalar teatr studiyasi tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Musiqiy madaniyat fakulteti ijodkor talabalar tomonidan jonli ijrodagi musiqiy chiqishlar barchani raqsga chorladi. Tadbirga  universitetning Volontyorlar talabalari tomonidan o‘tkazilgan Zakovat intellektual o‘yinlarida, Basketbol sport musobaqasida g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi yakun yasadi

 


Ulashish:
953
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.