Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida ishtirok etib qaytgan Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-sportchilari universitet hududida tantanali ravishda kutib olindi.

Karnay-surnay sadolari, ko‘tarinki kayfiyat va hilpiragan bayroqlar yig‘ilganlarda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi desak adashmagan bo‘lamiz. Qarsaklar va musiqa sadolari ostida g‘oliblarni universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar xushkayfiyat bilan qarshi olishdi.

Musobaqalarda bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchi talabalar sharafiga uyushilgan tadbirni universitet rektori maslahatchisi G‘ayrat Qodirov ochib berdi. U o‘z nutqida universitet rektori nomidan qutlar ekan talaba-sportchilarning hududiy bosqichdagi g‘alabasi va respublika bosqichidagi faol ishtirokini yuqori baholadi. G‘alaba uchun kurashgan barcha ishtirokchilarni va murabbiylarni samimiy tabrikladi.

Tadbir daomida so‘z Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani Furqat Ahmedovga berildi. U o‘z nutqida talaba-sportchilar musobaqalarga kuzatilgan paytda universitet rektori Maqsudjon Abdullayevichga: “Albatta oltin medal bilan qaytamiz”, — deb va’da berishganini va bu va’da bajarilganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.Furqat Ahmedov g‘alabaga bo‘lgan ishonch, yaratilgan qulay sharoitlar va doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun universitet rahbariyatiga barcha sportchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Yig‘ilganlar qarsaklari ostida stritbol bo‘yicha qizlar jamoasi murabbiysi Sardor Hazratqulov minbarga chiqdi. U nutqida musobaqalar davomida bir necha marotaba Jizzax davlat pedagogika universitetining nomi sharaf bilan tilga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuni ta’kidlash joizki, 17-20-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida:

  • Qizlar stritbol jamoasi oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

  • O‘g‘il bolalar voleybol jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz g‘olib talaba-sportchilarni rasmiy taqdirlash marosimi ertaga soat 12:00 da Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tarixiy g‘alabalar universitet jamoasi uchun katta iftixor bo‘lib, talaba-sportchilarning mehnati, matonati va jasoratining yorqin ifodasidir.


Ulashish:
1 498
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.