Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
26/02/2018
Chop etish
bepul qayta tayyorlash

MUHIM YANGILIK
Barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bepul qayta tayyorlash kurslari o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining saviyasi, bilimi va ko‘nikmalari masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma’lumotli, 79 foizi esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekani qayd etildi.

Bolalar tarbiyasi jarayoniga o‘z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu boradagi o‘rganishlar natijasida kelgusi 3 yilda maktabgacha ta’lim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy ma’lumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bo‘lishi aniqlangan. Shu bois, joriy yil mart oyidan boshlab, viloyatlardagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bog‘chalarning pedagog va nomutaxassis kadrlari uchun yarim yillik o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash kurslari tashkil etilishi belgilangan edi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika institutida maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan ilk tinglovichlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Ta’kidlash lozimki, institutda o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogoik, multimmedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan keng foydalangan holda tashkil etilgan.


Ulashish:
4 810
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Xotin-qizlar maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
JDPUda “Speaking Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ingliz tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan “Speaking Club”...