Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2021
Chop etish
Bahorning elchisi, yaxshilikning belgisi, xush kelibsan Navro‘z…

(JDPI da sumalak sayli)

Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra sumalakning tarixi 3000 yildan oshiq bo‘lib, bahor paytida, Navro‘zning boshlanishida tayyorlanib kelinadi. O‘ziga xos, shahona taom hisoblangan sumalak Navro‘z bayramining  taomi hisoblanadi. Sumalak pishirishning o‘zi qat’iy an’alar asosida ma’lum tartib qoidalarga amal qilingan holda bajariladi. Sumalak muqaddas taom sifatida qadrlanadi, alqanadi. Tadbirga taklif etilgan institut rektori Sh.Sharipov sumalak saylini mana shunday iliq so‘zlar bilan ochib berdi.

 

 

Bugun A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida bahorning Navro‘zning shohona taomi sumalak pishirilmoqda. Irimga ko‘ra har bir kishi yaxshi niyat bilan sumalak pishayotgan doshqozonni kovlashi shart. Shu bois sumalak sayligi taklif etilganlar birma-bir qozon kovlash baxtiga muyassar bo‘lishmoqda. Buni quyidagi tasvirlarimizdan ko‘rishingiz mumkin…

 

Sumalak pishirish shunchaki taom pishirish emas, balki yoshu qari yig‘ilib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demak.Jizzax davlat pedagogika institutining professsor-o‘qituvchilari talabalari ijrosidagi kuy qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi…

Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli bugun oliygoh hovlisida yarashdi, xursandchilik, o‘yin kulgu va sayil zavqi  ko‘ngilda nekbin his tuyg‘ular  uyg‘otdi…Yaxshiyamki kelding bahor, bahorning elchisi, yaxshilikning belgisi, xush kelibsan Navro‘z…

 


Ulashish:
849
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.