Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
21/11/2024
Chop etish
«Antikorrupsiya bilimdoni» tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
20-21 noyabr kunlari “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida  bilimlar bellashuvining universitet bosqichi o‘tkazildi. Bellashuvda 18 ta jamoa ishtirok etdi. Eng yuqori ball to‘plagan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etishdi. Hakamlar hay’at a’zosi sifatida Milliy universitetning Jizzax filiali KQKKNTB bo‘limi bosh mutaxassisi Rahmatov Xayrulla va Jizzax politexnika instituti KQKKNTB bo‘limi bosh mutaxassisi Umurzoqov Azamatlar taklif etildi.

 

 

“Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida  bilimlar bellashuvining universitet bosqichida 1-o‘rin Tarix fakultetining «Renessans» jamoasiga nasib etdi. Faxrli 2-o‘ringa Fizika va texnologik ta’lim fakultetining «Femida» jamoasi loyiq deb topildi. 3-o‘rin esa O‘zbek tili va adabiyoti jamoasining «Islohotlar» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari 1-o‘rin uchun 4 million so‘m, 2- o‘rin uchun 3 million so‘m, 3-o‘rin uchun 2 million so‘m pul mukofotlari va diplomlar bilan rag‘batlantiriladi.


Ulashish:
1 049
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.