Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
08/10/2025
Chop etish
Aniqlik va halollik sari qadam.

JDPUda korrupsiyaga qarshi seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari, javobgarlik masalalari, shuningdek, universitet ichki tartib-qoidalarini buzish va fan sillabuslari yoki o‘quv dasturlarini bilmaslik natijasida ayrim akademik korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahliliy ma’ruzasi mazmuni keng yoritilib, undagi asosiy g‘oya — barcha sohalarda halollik, adolat va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida “Tarbiya” fani doirasida talabalarga halollik, vijdon, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, odob va mas’uliyat kabi ezgu qadriyatlar haqida sodda va tushunarli tilda tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori asosida talabalarga mazkur huquqiy mexanizmlar haqida ham amaliy ma’lumotlar yetkazildi.


Ulashish:
1 142
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.