Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2026
Chop etish
Aniq fanlar fakulteti talabalari xalqaro IT sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

Universitetning Aniq fanlar fakultetida tahsil olayotgan 23 nafar iqtidorli talaba Universitet rektorining 2025-yil 20-oktabrdagi 327-U sonli buyrug‘iga asosan Viloyat IT parkida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro professional IT-sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Talabalarning o‘quv kurslari uchun to‘lovlari universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berildi.

Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Talabalar hamda ularning ota-onalari yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun Universitet rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevichga chuqur minnatdorlik bildiradilar.


Ulashish:
1 607
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Georgia University huzuridagi GATESOL vakillari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashabbusi bilan mehmonlar yakshanba dam olish kunini Samarqand shahrida mazmunli va samarali o‘tkazdilar.
“Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya qizg‘in va mazmunli tarzda davom etmoqda.
Anjuman doirasida University of Georgia professorlari ishtirokchilarga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etmoqda.