Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2025
Chop etish
30-may kuni navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2025-yil 30-may kuni Axborot-resurs markazining “Aylana zali”da navbatdagi ilmiy-amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir tarixiy manbalarni o‘rganish va ularga ilmiy yondashuv masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar-trening mehmoni – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Karimova Nargiza Ikramovna bo‘lib, ular ishtirokchilarga tarixiy manbashunoslik, tarixiy ma’lumotlarni saralash hamda ularga tanqidiy yondashuv masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar taqdim etdilar.

Seminar-trening mavzusi:
«Manbashunoslik va tarixiy ma’lumotlarni tanlashda tanqidiy yondashuv: nazariya va amaliyot»

Tadbir davomida qatnashchilar tarixiy materiallar ustida ishlashda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar, tarixiy tafakkur shakllanishi hamda ilmiy izlanishlarda tanqidiy fikrlashning o‘rni haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Seminar yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Mazkur seminar-trening ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda tarixga qiziquvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘ldi.


Ulashish:
950
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.