Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2020
Chop etish
21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

ONA TILIM

Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;


To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til —
Ona tilim.

Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug‘ilgan til —
Ona tilim.

Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.

Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til —
Ona tilim.

MIRTEMIR,

O‘zbekiston xalq shoiri

 


Ulashish:
1 089
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bitiruvchilarni kasbiy sertifikatlashga tayyorlash boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.
“Fanlararo tadqiqotlar va Scopus: ilmiy natijalarni xalqaro darajaga olib chiqish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Professor Dilfuza Egamberdiyeva istirokida o]tgan seminarda fanlararo yondashuv, Scopus va Web of Science bazalarida nashr talablari, akademik halollik hamda “yirtqich” jurnallar xavfi muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.