Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2026
Chop etish
13–14-mart kunlari umumxalq hashari doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Unda barcha fakultetlar professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, universitet hududlari, yo‘laklar va yashil maydonlarni tartibga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Shuningdek, fakultetlar kesimida auditoriyalar, o‘quv xonalari hamda ichki hududlarda ham tozalash ishlari olib borilib, ta’lim maskanida ozodalik va tartibni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hashar davomida universitet hududidagi 5000 ta daraxtga shakl berildi, 8000 ta daraxt hamda 1500 metr bordyurlar oqlandi. Bundan tashqari, 2000 metr ariqlar tozalandi. Hududdan 12 kub metr chiqindi olib chiqildi.


Ulashish:
1 398
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.