Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
04/10/2024
Chop etish
🔵Juma – startap loyihalar bilan ishlash kuni!

“Juma – startap loyihalar bilan ishlash kuni” munosabati bilan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’ining fizika va texnologik ta’lim fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Muloqotda startap loyihalar bilan ishlashda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar, universitet, viloyat va respublikamizda o’tkazilayotgan startap loyihalar tanlovlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar nomli davlat stipendiyalari, “Universitet stipendiyasi” tanlovlarining nizom va talablari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv doirasida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimi mas’ul xodimi oliygohda tashkil etilayotgan ko’rik-tanlovlarning adolatli va shaffof tarzda o’tkazilayotgani bo’yicha ma’lumotlar berib o’tdi.

@JDPU_Talabalar_akademiyasi


Ulashish:
1 858
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.