Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/01/2026
Chop etish
📚 “Kitobxon talaba” tanlovining ikkinchi bosqichi qizg‘in va mazmunli o‘tdi

Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovining ikkinchi bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqich “Zakovat”, “Brain Ring” hamda “Shaxsiy o‘yin” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib, har bir shart 20 tadan iborat savollar asosida tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz bahs-munozaralar, tezkor fikrlash va chuqur bilimni talab etgan ushbu bellashuvlarda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatini namoyon etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:

  • 🥇 1-o‘rin — Tarix fakulteti jamoasiga,

  • 🥈 2-o‘rin — Tabiiy fanlar fakulteti jamoasiga,

  • 🥉 3-o‘rin — Fizika va texnologik ta’lim fakulteti jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Bunday ma’rifiy tadbirlar talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 668
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.