Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazida koreys tili yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 1-Hamkorlik kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A. Jabbarova qatnashib, universitetda koreys tili ta’limini rivojlantirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.
Shuningdek, KOICA grant dasturlari, stajirovkalar, akademik mobillik va ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.





Mazkur uchrashuv JDPUning Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlash va talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
