Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamda universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bayram tadbirida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.
Tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib berdi. Bayram doirasida fakultetda yil davomida samarali faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar taqdirlandi.




Shundan so‘ng Qorbobo va Qorqiz ishtirokida qiziqarli yangi yil sarguzashtlari hamda musiqiy bayram dasturidan iborat “Yangi yil qayerda?” nomli musiqali spektakli namoyish etildi. O‘zbek va rus tillarida sahnalashtirilgan spektakl bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.




Tadbir yakunida barcha ishtirokchi bolajonlarga universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan 600 nafar bolajonlarga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.









