Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2021
Chop etish
“UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INNOVATSIYALAR VA O‘QITISH AMALIYOTI”

Mirzachul tumani №1 sonli  umuta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi. Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi hamda Mizrachul tumani halq ta’limi bo‘limi ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash bo‘limi  hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbir Mizrachul tumanidagi №1  umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Mirzachul tumani umumiy o‘rta maktablari, akademik litsey va IDUMning barcha ingliz tili o‘qituvchilari jalb etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbirni Zomin tumani XTB mudiri G‘. Anorboev ochibberdi. So‘ngra Chet tillar fakulteti dekani prof. A.Mamatov davom ettirdi. A.Mamatov o‘z so‘zida institutga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarni ilg‘or tajribalarni joriy qilish maydonchasiga aylantirish, o‘qituvchining IT kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish, Ingliz tilini o‘qitishda eng ilg‘or tajribalardan foydalanish  lozimligi xususida ta’kidlab o‘tdi. Ikki taraflama hamkorlik ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda kelajakda yetuk kadrlarning yetishib chiqishiga xizmat qilishi yana bir bor ta’kidlandi.  So‘zga chiqqanlar bu borada o‘z fikr mulohazalari va takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

 

Shundan so‘ng Chet tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi malakala professor-o‘qituvchilari N.Bo‘rieva, A.Muxammedov, K.Normurodov, F.Abdullaeva, Z.Rasulovalar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Tadbir so‘ngida Mirzachul tumani o‘qituvchilaridan Ingliz tilidan bilim darajasini aniqlash uchun maxsus test olindi.


Ulashish:
922
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...