Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2023
Chop etish
 “Uch avlod uchrashuvlari” e’zoz, e’tibor  e’tirof, ibrat an’anasiga aylandi.

JDPU hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi Jizzax viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv ana shunday nomlandi.

Uchrashuv Jizzaxlik 2 nafar O‘zbekiston qaxramonlari Parda Ziyotov hamda Anorboy Eshmatovlar xayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi .

Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etayotgan “Uch avlod uchrashuvlari” tadbirlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Bunday tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, muloqotlarda ishtirok etgan yoshlar keksa avlod vakillaridan hayotiy tajriba o‘rganishsa, bugungi soha fidoyilaridan amaliy ko‘nikma va tavsiyalarga ega bo‘lishadi. Bu esa ertamiz egalarining istiqbolida g‘oyat muhim.

Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ana shunday “Uch avlod uchrashuvi”da ko‘p yillar respublikamizdagi turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan insonlar, qishloq xo‘jaligi tizimida ishlagan faxriylar, ayni paytda viloyatimizdagi turli tashkilotva  idoralarida mehnat qilayotgan nuroniylar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uch avlod vakillarini birlashtirgan tadbir samimiy, ochiq muloqotlar tarzida o‘tdi. Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Sh.Sharipov ochib berdi.  Shundan so‘ng so‘zni “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat kengashi raisi Norqul No‘sharov avvalgi davrlardagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, bugungi o‘zgarishlar va nuroniylarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqidagi  fikrlarini bildirdi.

Suhbat va muloqotlar davomida  bugungi tadbirning asosiy qaxramonlari Parda Ziyotov hamda Anorboy Eshmatov hayoti va mehnat faoliyati davomida mehnat pallasidagi mashaqqatlar, bugungi farovon xayot haqidagi fikrlarini bildirishdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligini  ta’kidlashdi.

O‘zbekiston Qahramonlari, vatanimizning boshqa yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan turli soha vakillari, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan otaxon va onaxonlar, jamoatchilikning taniqli namoyandalari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Uch avlod” uchrashuvi fotosuratlarga muhrlandi. Ezgu niyatlar va istaklar bildirildi. Yangi  tashabbuslar, g‘oyalar ilgari surildi. Ularni amalga oshirish  esa hech shubhasiz bugungi yoshlar qo‘lida ekanligi ta’kidlandi.

E’zoz, e’tibor e’tirofga va ibrat a’nanasiga xizmat qilayotgan bugungi tadbir uchrashuv ishtirokchilari talabalarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yakun topdi.


Ulashish:
901
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.