Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/12/2025
Chop etish
Turkiyalik hamkorlar bilan memorandum imzolandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tadbirni o‘z universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv videotaqdimoti bilan ochib berdilar.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, turk tilini onlayn o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, JDPU talabalari uchun Anadolu universitetida masofaviy ta’limda o‘qish imkoniyatlarini yaratish hamda Turkiyaning oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tadbirda Anadolu universiteti bosh kotibi, rektor o‘rinbosari Ecevit Öksüz, masofaviy ta’lim va xalqaro hamkorliklar bo‘yicha direktori Salih Gümüş iborat delegatsiya, shuningdek Nejmiddin Erbokan universiteti professori Birol Mercan ishtirok etdi. Ular tomonidan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.

JDPU rektori Maksudjan Yuldashev qardosh xalqlar o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va oxirgi yillarda oliy ta’lim sohasidagi yaqin hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, barcha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro memorandumni imzoladilar va ramziy sovg‘alar almashdilar. Dastlabki amaliy ishlar dekabr oyining 12–13 kunlari boshlanishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Anadolu universiteti 44-yildan buyon kunduzgi, masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan Turkiyaning yetakchi ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Universitetda 1600 nafar pedagog-mutaxassislar mehnat qiladi, 25 nafar talaba kunduzgi bo‘limda tahsil oladi. 1 million talaba esa masofaviy ta’limda tahsil oladi. Ushbu oliygoh 44-yil davomida 10 milliondan ortiq bitiruvchi yetishtirgani bilan bir qatorda Turkiyada masofaviy ta’limning asoschisi sifatida e’tirof etilgan.

 


Ulashish:
370
Boshqa rubrikalarda mashhur

Turkiyalik hamkorlar bilan memorandum imzolandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tadbirni o‘z universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv videotaqdimoti bilan ochib berdilar....
JDPU talabasi Jizzax shahridagi Prezident maktabida ochiq dars tashkil qildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Irkayeva Taxmina Jizzax shahridagi Prezident maktabida amaliyot jarayonlari doirasida ochiq dars tashkil etdi.
JDPUda gender tenglik bo‘yicha audit ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.