Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/03/2022
Chop etish
 “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiya Turkiya nashrlarida chop etildi.

Joriy yilning 14 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta’lim tizimida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida xorijiy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yaratish va dunyo miqyosiga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda bir qator xayrli ishlar boshlandi. Shu jumladan, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijlik olimlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.  Xususan, yaqindagina Turkiyaning Fırat Ü., İnsani ve Sosyal Bilimler Fakültesi Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları Bölümü mudiri professor Ercan Alkaya,  “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori U.Jumanazarov, kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, prof. v.b. G.Jumanazarova tomonidan tayyorlangan “Turkiy xalqlari adabiyoti” nomli monografiyasi Turkiyaning “KESİT YAYINLARI” nashriyotida chop etildi va www. kesityayinlari.com. saytida sotuvga qo‘yildi.

Bundan tashqari, ushbu kitobning birinchi nashri Germaniyada ham chop etilib, www.morebooks.shop.com. saytida sotuvga qo‘yilgan.

 

 


Ulashish:
874
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...