Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2026
Chop etish
“Turkiy xalqlar adabiyoti” (II qism) darsligi Bakuda nashr etildi.
Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi huzuridagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida Bakudagi “Elm va təhsil” nashriyoti tomonidan “Turkiy xalqlar adabiyoti” darsligining II qismi nashr etildi.

Darslikda turkiy xalqlar adabiyoti, jumladan, o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tatar, boshqird, chuvash, uyg‘ur hamda Shimoliy Kavkaz va Dog‘iston turkiy xalqlari adabiy merosi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, jahon adabiyotida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan adib, shoir va dramaturglar haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Nashr oliy ta’lim muassasalarining filologiya fakulteti talabalari, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va turkiy xalqlar adabiyotiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Mazkur darslik mualliflari — ozarbayjonlik professor Almaz Ulvi Binnatova, Jizzax davlat pedagogika universiteti professorlari Jumanazarov Umurzoq Abdurazzoqovich va Jumanazarova Guljahon.


Ulashish:
1 285
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.