Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2024
Chop etish
 “Turkiston bolalari” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sahna asarida 1922 yilda tahsil olish, yurtga qaytgach Turkistonning taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida olis Germaniyaga ketgan, Vataniga qaytgach esa qatag‘onga uchragan yoshlarning hayoti, ularning orzu-intilishlari o‘ziga xos tarzda ochib berilgan. Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ana shu sahna asarini tomosha qilish uchun Yu. Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lishdi.

 

Spektakldagi Turkistonni ozod va obod ko‘rishni orzu qilgan, shu maqsadda kurashgan, jadidlarning ko‘magi bilan o‘tgan asrda Germaniyada ta’lim olgan talabalarning obrazi hech bir tomoshabinni befarq qoldirmadi. Jadidlarning ko‘magi bilan Buxorodan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan Abduvahhob Murodiy, Sattor Jabbor, Ahmad Shukriy, Xayriniso Majidxonova, Sulton Matqul, Maryam Sultonmurodova, Afzal Abdusaid kabi yoshlarning 1922-1937 yillardagi hayotiga oid voqealar tomoshabinlarni larzaga solgani shubhasiz.

Ta’kidlash joiz spektakl yoshlarni har qanday sharoitda ham ilm olishga, Vatanni ardoqlashga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar uchun namoyish etilgan sahna asari universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirildi.


Ulashish:
960
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.