Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
16/08/2025
Chop etish
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.

Imtihonlarda umumiy 133 nafar abituriyentdan 111 nafari ishtirok etdi. Jarayonlarda 20 nafardan ziyod mutaxassislar ham jalb etildi.

Imtihonlarda qatnashgan barcha mutaxassislar, abituriyentlar, talabalar va qabul komissiyasi a’zolariga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini sodir etmaslik, bunday holatlar aniqlangan taqdirda esa darhol universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki tegishli davlat organlariga murojaat qilishlari zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida qat’iy ogohlantirildi. Imtihon jarayonida va hozirga qadar korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha Bo‘limga hech qanday murojaat kelib tushmadi.


Ulashish:
3 806
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.