Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
18/04/2023
Chop etish
TASVIRLASHDADA PERSPEKTIVA QONUNIDAN TO’G’RI FOYDALANISH.

Toxirjon Oltmishev- JDPI katta o’qituvchisi         oltmishevtohir@gmail.com

Perspektiva qonuni. Tasvirlanayotgan buyum, qaysi tomonidan tasvirlanishidan qat’iy nazar (uzoqdan, yaqindan, yuqoridan, pastdan, to’g’ridan yoki chekkadan), chizuvchiga o’zgarib ko’rinadi. Masalan, kubni u yoki bu

tomonga burib, uning tomonlari perspektiv o’zgarib ko’rinishini kuzatamiz. 19-rasmda temir yo`li relslari, simyog’ochlar va kenglikdagi boshqa shakllarning bizdan uzoqlashgan sari kichrayib, bir nuqtada tutashini ko’rishimiz mumkin. Hayotda o’zaro parallel bo’lgan relslar hech qachon to’qnashmasalar-da, perspektiva qonuniga birioan, ular bizdan uzoqlashgan sari kichrahib, bir nuqtada tutashishini

ko`rishimiz mumkin. Hayotda o`zaro paralel bo`lgan relslar hech qachon to`qnash- masalar-da, perspektiva qonuniga birioan, ular bizdan uzoqlashgan sari bu holatni kuzatishimiz mumkin. Bu perspektiva qonuniga asosan sodir bo`ladi.

 

Buyumlarni tekislikda haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Bu holatni shunday ta’riflash mumkin: «Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo’lmasin, perspektiva qonun va qoidalariga bo’ysunadi».

Perspektiva qonunlarini mukammal o’rganib, har qanday buyumning ko’rinar va ko’rinmas tomonlarini to’g’ri tasvirlash mumkin. Perspektiva qonunlarining asosiy xususiyati shundaki, buyumlar qanday kattalikda bo’lmasin, chizuvchidan uzoqlashgan sari va tekislikda qanday joylashganiga qarab perspektiv qisqaradi.

O’z navbatida, perspektiva qonuni haqqoniy tasvirlash alifbo»laridan bo’lgan «surat tekisligi», «buyum tekisligi», «ko’rish maydoni», «ko’rish nuqtasi», «ufq chizig’i» kabi qonuniyatlar bilan chambarchas bog’liqdir.

      Surat tekisligi deb tasvirlanayotgan natyurmort, manzara, portret va hokazolar bilan rassbm orasidagi bo’shliqqa aytiladi.

Fiziologik nuqtai nazardan qaraganda, yorug’lik chizilayotgan buyumga tushganda, rassomga buyumning u yoki bu qismi ko’rinadi. Shundan keyingina rassom uni idrok etib, tasvirlashga o’tadi. Surat tekisligi rassom bilan natura o’rtasida vosita bo’lib xizmat qiladi.

       Buyum tekisligi deb tasvirlanayotgan buyum joylashgan tekislikka aytiladi. Stol, pol, yer va boshqa chizish uchun bajariladigan moslama buyum tekisligi vazifasini o’tashi mumkin.[1] Perspektiva qonuni tasviriy san’atning barcha  janrlarida badiiy  asarlar yarishda asosiy vazifani bajaradi.Aytaylik Kamoliddin Behzod yaratgan miniatyura asarlari o’z jozibasi va maftunkorligi bilan tomoshabinni o’ziga rom etadi ,lekin shunga qaramay bu asarlarda perspektiva qonunlarini ko’rmaysiz. Bu yerda barcha odam gavdasi va tabiat manzaralari bir tekislikda yotadi.

 

 

 

 

 

 

 

Perspektiva qonunlari asosida tasvirlanganda biz tabiat manzarasi yoki portret bo’lsin aniq ko’ramiz.Zero perspektiva degani aniq ko’raman degan ma’noni anglatadi.

 

Adabiyotlar ro’yxati

  1. Botir boymetov. Qalamtasvir-Musiqa nashryoti-Toshkent 2006.
  2. Барщ А.О. Наброски и зарисовки. М., 1970.
  3.        Ростовцев Н.А. Академический рисунок. М. 1984.
  4. Internet manbasi. https://gigafox.ru/uz/rody/grafit-vidy-grafitovyh- karandashei-kakie-byvayut-karandashi-dlya-risovaniya/.

Oltmishev Toxirjon Turgunovich.

Tel: 91 591 49 46

 

 

[1] Botir boymetov. Qalamtasvir-Musiqa nashryoti-Toshkent 2006.26-30 betlar

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
581
Boshqa rubrikalarda mashhur

Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarga tezkor va xolis munosabatda bo‘lish masalalari atroflicha muhokama...