Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2021
Chop etish
Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim…

Bugun bezavol qolgan, toptalgan tilimiz o‘zining asrlarga teng qaddini tikladi. Sinovlarni ortga surib o‘ttiz ikki yoshni qarshildi. Davlat rahbarining2019 yil oktabrda e’lon qilingan farmonga binoan 21 oktabr – O‘zbek tili kuni sifatida keng miqyosda nishonlanadigan bo‘ldi. O‘zbek  tiga bo‘lgan hurmat keng jamoatchilik tomonidan o‘zgarib bormoqda. Endi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish uchun o‘zbek tilini mukammal bilish, maxsus imtihondan o‘tish talab qilinadi. Yana, bundan keyin talaba bo‘lish uchun ona tilidan imtihon topshirib, namunali natija ko‘rsatish lozim. Birgina misol  O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarlarida sof o‘zbek tilida nutq so‘zlashi bir yuz to‘qson uch davlat vakillari va dunyo televideniyasida o‘zbek tilining yangrashi halqimiz ko‘ksini g‘ururga to‘ldirdi. Jizzax davlat pedagogigka instiuti O‘zbek tili  va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ana shular xususida so‘z yuritishdi.

2020-yil 20-oktabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan  «Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim» mavzusi doirasida «O‘zbek tilini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2 bosqich talabasi Paraxadova Dilfuza 1-o‘rinni, O‘zbek tili va abdabiyoti fakulteti 2 bosqich talabasi Jinaeva Maxliyo 2-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2 bosqich talabasi Normamatov Diyorjon 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «O‘zbek tilida o‘qilgan eng yaxshi she’r» nominatsiyasi bo‘yicha  esa O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1 bosqich talabasi Abdumajidova Sarvinoz 1-o‘rin, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1 bosqich talabasi Amirov Farrux 2-o‘rin, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1 bosqich talabasi Pirimqulova Dilfuza 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Tanlovning yana bir yo‘nalishi   «O‘zbek tilini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan eng yaxshi videolavha» nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3 bosqich talabasi Haydarov Ismoil 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2 bosqich talabasi Rahmatullaeva Mahliyo 2-o‘rinni, Tarix fakulteti 2 bosqich talabasi Ozodbekov Ozodbek 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Barcha nominatsiyalar bo‘yicha  tanlovda yuqori natijalarga ega bo‘lgan talabalar diplom va  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida talaba yoshlar ona tilmizni ulug‘lovchi kuy qo‘shilar. Sahnaviy ko‘rinishlar bilan boyitilgan badiiy dasturni yig‘ilganlarga namoyish etishdi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazriligi boshqarma boshlig‘i Otabek Bozorov ham ishtirok etdi.

 


Ulashish:
852
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.