Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/07/2024
Chop etish
TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI: QADRIYATLARGA ASOSLANGAN TARAQQIYOT
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
27-28 sentyabr, 2024 yil, Jizzax/Oʻzbekiston

 

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2024-yil 27-28-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi

Konferensiya ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan va shu yo’nalishga qiziqish bildirgan barcha darajadagi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni birlashtirishga, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli nuqtayi nazarlarni o‘rganishga qaratilgan. Konferensiyaga barcha fanlar yo’nalishlari bo’yicha maqolalar qabul qilinadi.

Ushbu konferensiyaga quyidagi sohalarda maqolalar qabul qilinadi:

  1. Globallashgan dunyoda qadriyatlarga asoslangan ta’lim paradigmalari
  2. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’lim maqsadlari
  3. Innovasiya va tadqiqotga asoslangan oliy pedagogik ta’lim
  4. 4-nchi sanoat inqilobining ta’lim jarayonlariga transformasiyasi
  5. Ta’lim sohasida keng ilmiy yondashuvli va progressiv ilg‘or texnologiyalar

O‘tkazilish joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax/O‘zbekiston.

Konferensiya ish tillari oʻzbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Maqolalarni topshirishning oxirgi muddati: 2024 yil 25 avgust!

 

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

– Maqola hajmi A4 formatda, 14 o‘lchamli shriftda, Times New Roman shriftda, 1,5 interval oraliqda, yuqori va pastdan 2 sm chapdan 3 sm va o‘ngda 2 sm oraliq masofa tashlangan holda tayyorlanadi;

– Maqola mavzusi katta harflarda o‘rtada, keyingi qatordan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi, mobil telefon raqami uning ostida muassasa nomi ko‘rsatiladi;

– Maqola 5 bet hajmdan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiq; – Maqola annotatsiyasi kamida 200 ta so`zdan iborat bo`lishi va kalit so`zlar 15 tadan kam bo`lmasligi lozim;

– Adabiyotlar ro`yhatida kamida 10 ta foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati keltirilishi maqsadga muvofiq;

– Maqola fayli muallifning familiya va ismi bilan atalishi lozim. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola o‘zbek tilida bo‘lsa, annotatsiya rus va ingliz tilida kiritiladi.

Ilmiy maqolaning mazmuni, ilmiy etika talablariga rioya etilganligi, imloviy va ishoraviy xatolari uchun muallifning o‘zi ma’sul. Ushbu konferensiya to`plamida mavzu yuzasidan nazariy va amaliy ma`lumotlar aks ettirilgan, tajribalarga asoslangan dalillar keltirilgan hamda ilmiy etika talablariga javob beradigan maqolalar nashr etiladi.

Maqolalarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: jabbarova.anora86@gmail.com
Murojaat uchun: A.Jabborova +99891 1961514
 
Sizni Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida kutamiz!

Ulashish:
1 822
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.