#ta’limda_innovatsiya_
“Jizzax vohasi aholisining urf-odatlari va marosimlari” mavzuida elektron darslik mobil ilovasi yaratildi.
Jizzax davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim muassasalari prof-o‘qituvchilari, tarix fakulteti talabalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari tarix fani o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha elektron darslik mobil ilovasi yaratildi. Ushbu elektron darslik tarix fanlari doktori (PhD) F.Sh.Aqchaev, magistrant H.B.Davlvtova hamda tarix fakulteti talabasi J.M.Qovulovlar hammuallifligida yaratildi. Eslatib o‘tamiz elektron darslik Jizzax vohasi tarixi, etnografiyasiga qiziquvchilar, sayyohlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.