Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2023
Chop etish
Talabalar turar joyida gulxan atrofida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Temur Poyonov Jizzax davlat pedagogika universitetining 1-sonli talabalar turar joylarida talabalar bilan gulxan atrofida suhbatlashdi.

Mazkur tadbir talaba yoshlarning musiqiy chiqishlari bilan boshlanib, yoshlik, muhabbat va  vatanparvarlik ruhida kuylangan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat kabi tuyg‘ularni yanada jo‘sh urishiga sabab bo‘ldi .

Gulxan atrofida yoshlarni birlashtirgan bu oqshom  qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat kabi tuyg‘ularni yanada jo‘sh urishiga sabab bo‘ldi .  Havo sovuq bo‘lsa-da gulxan atrofida yig‘ilgan talaba  yoshlar gulxan taftidan, Shirin suhbat, diltortar kuy qo‘shiqlar, jozibali raqslardan zavq olishdi.

«ushbu tadbir nafaqat yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishiga balki mahalladagi iqtidor egalarini yuzaga chiqarishga ham xizmat qilmoqda. Gitara chalib qo‘shiq kuylayotgan yoshlar chetdan kelgan emas, o‘zimizni  talablarimiz» deydi universitet yetakchisi Farzona Adilova


Ulashish:
880
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.