Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2022
Chop etish
Talabalar “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari bilan uchrashdi

Yurtimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni keng ommaga to‘laqonli yetkazish, yurtdoshlarimizni xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, taklif va istaklarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Dastlab mehmonlarga institutda talaba yoshlar uchun  yaratilgan sharoitlar  xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shundan so‘ng  majlislar zalida xodimlar va ijodkorlar o‘rtasida savol-javoblarga boy uchrashuv boshlandi. Uchrashuv davomida  telekanal ijodkorlaridan Abdulxay Otaxo‘jaev muxbirlar tomonidan tayyorlanib kelinayotgan “Dunyo oshxonasi”,”Baliq ovi” kabi ko‘plab ko‘rsatuvlar shuningdek dublyaj sa’nati  haqida qiziqarli  ma’lumotlar berildi. Ta’kidlash joiz ushbu ko‘rsatuvlar bugungi kunda  o‘z muxlislariga ega.  Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.

 

 


Ulashish:
798
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.