Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Tajriba va amaliyot

 Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilishni takomillashtirish, shuningdek  mas’ul xodim va professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy jarayonga oid zarur bilimlarini kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda asosan Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari,o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti, o‘quv reja va o‘quv dasturlari (sillabuslar)ni yaratish amaliyoti, talabaning mustaqil mashg‘ulotlari va ARM faoliyatini tashkil qilish, tizimni raqamlashtirish masalasi, registrator ofisi xususida so‘z bordi. Ushbu mavzular doirasida  OO‘MTV, Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A. Xodjaev boshchiligdagi  moderatorlar guruhi tushuncha berish bilan bir qatorda  Kredit-modul tizimiga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari tomonidan duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham ma’lumotlarni taqdim etishdi. Seminar treningda Jizzax viloyatida oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari prorektorlari, o‘quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, kredit bo‘limi boshliqlari va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.   Seminarda shuningdek Toshkent axborot texnologiyalar  universiteti, kafedra professori O‘.Xamdamovning oliy ta’lim tizimini raqamlashtirishda muammo va yechimlar bo‘yicha ma’ruzasi  ham tinglandi.   Amaliy mashg‘ulotlar va interfaol muloqot shaklida o‘tkazilgan Seminar-trening davomida moderatorlar OTMlarda kredit-modul tizimini tadbiq etishda shu paytgacha uchragan qiyinchilik va muammolar  xususida ham muloqot qilishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda mavjud muammolar darajasiga qarab ro‘yxatga olindi hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.   Mazkur seminer treningda kredit –modul tizimini tadbiq etish va raqamlashtirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga javob topildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.