Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/09/2025
Chop etish
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida futbol musobaqalari yakunlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 1 oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida futbol musobaqalari o‘tkazildi.

Ma’lum bir hafta davomida bo‘lib o‘tgan sport bellashuvlarida universitetning turli bo‘lim va tarkibiy tuzilmalari jamoalari faol ishtirok etishdi. Bellashuvlar davomida jamoalar jipsligi, qat’iyati va yuksak sport mahoratlari namoyon bo‘ldi.

 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

  • 1-o‘rin – Rektorat jamoasi,

  • 2-o‘rin – RTTM jamoasi,

  • 3-o‘rin – O‘quv bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar ertaga “Xonatlas” saylida tantanali ravishda maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Ushbu musobaqa nafaqat jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhit yaratdi, balki universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
1 567
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.