Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Sobiq va sodiq bitiruvchilar JDPUda diydorlashishdi.

Sobiq Jizzax davlat pedagogika universitetini  bitirgan bitiruvchilar o‘zlari uchun qadrdon ta’lim maskanida uchrashdilar. Jizzax davlat pedagogika universiteti hovlisi bugun odatdagidan-da gavjum. Sinf auditoriyalari va yo‘laklarni aytmasa ham bo‘ladi. Bugun oliygohga yurtimizning turli go‘shalaridan 300 ga yaqin mehmonlar kelishgan. Qizil yo‘laklardan o‘tib kelayotgan sobiq bitiruvchilar ko‘rib o‘sha o‘zlari bilim olgan, sho‘x-shodon haqiqiy talabalik oltin davrlariga tushib qolishgandek hayajonda ekranliklarini sezish qiyin emas. Diydorlashuv tadbiriga kelganlar o‘zlari uchun qadrdon bo‘lgan fakultetlarda bo‘lishdi. Ustozlar va yaqinlar davrasida bo‘lib o‘tgan tadbir maroqli suhbat va taassurotlarga boy o‘tdi. Mehmonlarga ta’lim maskani hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar,o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan yangilanishlar haqida ma’lumot berildi.   –Shu dargohni tamomlaganimizga salkam yigirma yil bo‘libdi, – deydi Chirchiq pedagogika universitetidan  kelgan professor Shahlo Botirova . –Rostini aytsam menga taklifnoma jo‘natishganda ko‘zimga yosh keldi. Juda hayajonlandim. Ta’lim maskanining zamonaviy qiyofasini ko‘rib, chindan hayratlandim. Biz o‘qigan sharoitlar bilan hozirgi imkoniyatlarni mutlaqo solishtirib bo‘lmaydi. Shunday ulug‘ dargohda ta’lim olib, hayotda o‘z o‘rnimni topdim. Ilmiy unvonlarga ega bo‘ldim. Bugungi tadbir bahonasida yoshi ulug‘ ustozlarimiz bilan dildan suhbat qurdik.Mana shunday tadbirlarni tashkil qilgan universitet rahbariyatga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugungi uchrashuv men uchun bir motivatsiya deb bilaman. Biz ham universitetda mana shunday tadbirni sobiq bitiruvchilar forumini o‘tkazishga ahd qildik. Bugungi tadbir bahonasida yoshi ulug‘ ustozlarimiz bilan dildan suhbat qurdik. Uchrashuvda talabalik yillarining  iliq xotiralari yodga olindi. Sobiq bitiruvchilar talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Dars ma’ruzalarda ishtirok etishdi.   30 yil  qisqa muddat emas, bu davr insonga qanchadan qancha taassurotlarni, shaxsiy hayotida hamda ish faoliyatida o‘zgarishlarni, shodlik va g‘amgin damlarni baxsh etganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Uzoq vaqt, uzoq makon insonni charxlaydi, sadoqat va vafoni toblaydi. Shu dargohni bundan 30 yil muqaddam bitirgan Muqaddas Tirkasheva o‘z hayajonlarini shunday ifodalaydi “Jizzax davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bu yangilikni eshitib rosti juda to‘lqinlangandim. Hozir ham shu hayajon shu xursandchilik meni tark etgani yo‘q. Beixtiyor o‘zim o‘qigan yillar va bugungi kunni solishtiraman. Rostini aytsam bugungi talabaga havasim keldi. Laboratoriya jihozlari ,kutubxona va sinf xonalarini ko‘rib dilim yayradi. Maza qilib o‘qish uchun hamma sharoit bor. Hayratlandim. Meni yana bir yangilik juda quvontirdi. Bizga ma’ulm qilishicha shu oliygoh rektorining tashabbusi bilan universitetda  ko‘p yillar faoliyat yuritgan marhum professor-o‘qituvchilar nomi bilan ataluvchi stipendiyalar joriy etilgan ekan. Shu nomdor stipendiyalar ichida mening dadam marhum Bahrom Mamajonov ham loyiq ko‘rilgani meni behad quvontirdi.Bu meni va oilam uchun faxr deb bilaman. Bu stipendiyalar iqtidorli, har ishda faol talaba yoshlarga berilar ekan. Umuman bu yangilik va suhbatlar, diydorlashuv  anchagacha  men qatori bugungi uchrashuvga kelganlar xotirasidan o‘chmasa kerak,”-deydi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Tirkasheva Shu dargohni bitirganimga 35 yil to‘ldi.O‘sha kunlar va bugungi kunni solishtirganimda yer bilan osmoncha farq borligini ko‘rish mumkin.Bugun nafaqat sobiq bitiruvchilar balki talaba yoshlar bilan ham suhbatlashishga muyassar bo‘ldik. Menga so‘z berishganida talab yoshlarga Shunday pedagog bo‘lingki sizni 50 yildan keyin ham ajib bir hurmat bilan yodga olishsin.shu baxtga sazovor bo‘ling degan tilakni bildridim. Tilagim shu universitetdan haqiqiy fidoyi ustozlar yetishib chiqsin. Uchrashuvda ishtirok etgan universitet  rahbariyati mehmonlarni olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar bilan tanishtirdi. Har bir fakultet dekanlari fakultet to‘g‘risidagi ma’lumotlar va kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashdi. Sobiq bitiruvchilar oliygohda o‘tgan davrlari, ta’lim bergan ustozlarini eslab, ular haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tishdi.Uchrashuv sermazmun va qiziqarli tarzda o‘tdi. Suhbatlarda Davlatimiz rahbariyatining sohaga oid bir qancha qaror va farmonlari va aynan ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, ustozlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor bo‘yicha sa’yi harakatlarini alohida, mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tishdi. Shu bilan bir qatorda universitet ravnaqi uchun xizmat qiladigan takliflarini bildirishdi.