Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/03/2021
Chop etish
Shoir tavalludi keng nishonlanmoqda.

Abdulla Oripov – noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi.

O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi. Respublikamizning turli hududlarida, tashkilot va muassasalarda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bog‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda boshlab yuborildi. Xususan, bugun Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida ham aynan buyuk siymo o‘zbek halqining suyukli shoiri A.Oripovning 80 yilligiga bag‘ishlab taldbir o‘tkazildi.

Shunday siymolar borki, ular muayyan xalqning, ma’lum bir davrning barometri sifatida ularning qalbi va ruhoniyatining ko‘zgusi bo‘la oladi. Shubhasizki, Abdulla Oripov ana shunday adiblardandir. Tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov Abdulla Oripov ijodining elparvarlik va fidoiylik mahsuli ekanligini ta’kidlar ekan, “shoirning har bir she’ri juda ko‘p insonlar  hayotining, qalbidan kechgan tuyg‘ularning, iztiroblarining bir parchasi desam mubolag‘a bo‘lmaydi» – deya ta’kidladi.Shu bilan birga tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining o‘qituvchisi f.f.doktori U.Qosimov hg‘am so‘zga chiqib o‘z ma’ruzasida  Abdulla Oripov o‘zbekning tanti va jaydari farzandi  ekanligini va u  u – hamisha tarixiy shaxs bo‘lib qolajagini. Zotan, shoir o‘z xalqining ovozi, uning orzu-umidlari va inson qalbi iztiroblarining ifodachisi bo‘lganligini ta’kidladi, “O‘zbeklarga xos donishmandlik, bag‘rikenglik, xokisorlik va andisha Abdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. U o‘zbekning ramzi bo‘lgan ijodkor. Bunday e’tiroflar o‘z-o‘zidan dunyoga kelgan emas.”-deydi o‘z U.Qosimov so‘zi yakunida.Badiiy mushoira sifatida davom etgan tadbir so‘ngida shoir ijodida namunalar o‘qildi.


Ulashish:
926
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda sport musobaqalari va mashg‘ulotlar boshlandi.
Shanba — ijtimoiy faollik kuni doirasidaJizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar va muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda universitet faxriylari hamda nuroniy professor-o‘qituvchilar va xodimlardan iborat 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashib, belgilangan 5000 qadam...
«Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»: Futbol va stol tennisi bellashuvlari boshlandi.
Musobaqalarning ochilish marosimida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda sport ishqibozlari ishtirok etdi. Tadbir davomida aprel oyi mobaynida universitet hududida har kuni sport bayramlari o‘tkazilayotgani ta’kidlanib, jamoalarga omad...