Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Shamol haqida nimalarni bilamiz?

Shamol esayotganda sizga uning tezligi juda yuqoriday tuyulishi mumkin. Keyinchalik ob-havo ma’lumotini eshitganingizda, «shamol tezligi sekundiga 10—15 metrni tashkil etgani»ni bilib olasiz. Shamol tezligi bizni chalg‘itishi hech gap emas. Ammo ayrim kishilar uchun shamol tezligini aniq bilib olish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham bu tezlikni o‘lchaydigan ilmiy usullar bor.

Ilk shamol tezligini o‘lchash asbobini angliyalik Robert Xuk 1667 yili kashf etgan. Uning oti — anemometr. Anemometrning turlari ko‘p, ammo bir o‘qqa o‘rnatilgan bir necha alyuminiy chashka (yarimshar shaklidagi predmet)dan iborat asbob keng tarqalgan. Ular o‘qqa erkin o‘rnatilgan bo‘lib, shamol qancha kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma’lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab, shamolning tezligini hisoblab chiqish mumkin.

Odamlar uchishni o‘rganganlaridan so‘ng atmosfera balandliklaridagi shamol tezligini o‘lchash zarurati tug‘ildi. Shu maqsadda havo sharlari uchirilar va ular «teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar ko‘rinmay qolganida kuzatuv ishlarini yuritish mumkin bo‘lmay qolar edi. 1941 yili metereologik radar kashf etildi. Endilikda ushbu radar sharning harakatini bulutlar ortidan kuzatishi hamda atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini o‘lchashi mumkin.

Odamlar shamol qaysi tomonga esayotganini bilishga qadim zamonlardan beri qiziqadi. Meloddan avvalgi 900 yilda cherkovlarning shpiliga shamolning yo‘nalishini ko‘rsatib turishi uchun flyugerlar o‘rnatilgan.

Shamol qanday paydo bo‘ladi?

Ba’zan sokin va ochiq havodan bahramand bo‘lish uchun tashqariga chiqamiz. Ammo bir necha qadam yurishga ulgurmasdan, to‘satdan shamol ko‘tariladi. Garchi uni ko‘rmasak ham, u qayerdan kelganini bilmasak-da, qo‘l va yuzimiz bilan uni juda yaxshi his qilamiz. Shamol bu — havo massalarining yerdagi harakati. Nima havoni harakatlanishga majbur qiladi? Bu savolga javob har doim bir xil — harorat o‘zgarishi. Havo isiganda u kengayib, yengilroq bo‘ladi va yuqoriga ko‘tariladi. Shitob bilan uning o‘rnini og‘irroq bo‘lgan sovuq havo oqimi egallaydi. Mana shu hodisa — shamol!

Shamollarning ikki turi — global shamol tizimiga tegishli va mahalliy shamollar mavjud. Global shamol tizimi quyosh ko‘proq qizdiradigan ekvatordan boshlanadi. U yerda isigan havo katta balandlikka ko‘tarilib, Shimoliy va Janubiy qutblar tomon suriladi. Ekvatordan qutbgacha bo‘lgan yo‘lning uchdan bir qismini bosib o‘tgach, u sovib yana yer yuzasiga tusha boshlaydi. Havo massalarining bir qismi qutblar tomon harakatini davom ettiradi, qolgani esa ekvatorga qaytadi. Odatda ma’lum bir mintaqada yil davomida bir xil yo‘nalishda esadiganlar hukmron shamollar deb ataladi.

Ba’zida shamol butunlay turli yo‘nalishlarda esadi. Bunga mahalliy shamollarning aralashuvi sabab bo‘ladi. Mahalliy shamollar yuqori bosimli sovuq havo massalari yoki past bosimli issiq massalar kelishi natijasida ko‘tariladi. Odatda bu bir necha soat yoki kun davom etadi. Shundan so‘ng hukmron shamollar esishni boshlaydi. Harorat farqi mahalliy shamollar yuzaga kelishining yana bir sababi bo‘ladi. Bu ayniqsa dengiz qirg‘og‘ida aniq namoyon bo‘ladi. Kunduzi sovuq havo dengizdan quruqlikka qarab harakat qiladi, kechasi esa buning aksi bo‘ladi.

(Intrenetdan olindi)