Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2020
Chop etish
“Saxiy topsa, barcha yer…” yoki “ Do‘st og‘ir kunda bilinadi…”

( saxiy va mehribon, bir mayizni qirq bo‘lib yegan yurtdoshlarim nasib bo‘lsa bu ofatlarni ham jipslashib yengamiz )

1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining devorida suv chiqishi natijasida Sardoba tumani aholi yashash punkti jiddiy zarar ko‘rdi. Tabiiy ofat natijasida ko‘plab uysiz qolgan yurtdoshlarimiz Jizzax viloyatidagi maktab va kollejlar binolariga joylashtirildi. O‘zbek halqi azal-azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bugungi qiyin sharoitda ham yurtdoshlarimizning mana shu olijanob fazilatlari yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugun Jizzax viloyatidagi har bir tashkilot va idora vakillari qo‘lidan kelgancha tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga yordam berishga harakat qilishmoqda. Kimdir kiyim –kechak, yana kimlardir oziq –ovqat, ba’zilar esa o‘z xonadonlaridan joy joy berishmoqda. Mana shunday sinovli kunlarda  Jizzax davlat pedagogika instituti professor o‘qituvchilari ham  chetda turgani yo‘q. Ular ham tashabbus ko‘rsatib baholi qudrat o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Kuni kecha Mirzacho‘l tumanidagi voqea joyidan evakuatsiya qilingan sardobalik yurtdoshlarimiz uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, kundalik vaziyatda ishlatiladigan mahsluotlar jo‘natildi. Bu hali hammasi emas bunday saxovat yordamlari har kuni Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan shtabida yig‘iladi va kunlik yordamga muhtoj vatandoshlarimizga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu beg‘araz yordam aksiyasi davom etadi. Ayni paytda ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqatlar va boshqa turdagi mahsulotlar Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan “Saxovat” shtabida qabul qilinmoqda. Shuningdek pul ko‘rinishdagi yordamlarni qabul qilish uchun plastik karta raqamlari ham  e’lon qilingan.  Qayd etish joiz o‘qituvchilar tomondan to‘plangan buyumlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar har kuni tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan yurtdoshlarimiz joylashtirilgan maskanlarga yetkazib beriladi. Mana shunday mushkul va sinovli  kunlarda  o‘zidan orttirib  ezgu va xayrli ishga  oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shayotgan aziz Jizzaxliklar Yaratgan sizdan rozi bo‘lsin.

             

                                                                               

 

 

                                                                                                                                                                                                          Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 252
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.