Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Uchrashuv davomida tibbiyot fakultetida simulyatsion markaz tashkil etish, amaliyot bazalarini kengaytirish, hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, sun’iy intellektdan foydalanish, startap loyihalar ustida ishlash hamda talabalarning fan olimpiadalarida faol ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.







