Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/12/2025
Chop etish
Rektor “Zakovat” jamoasi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.

Joriy yilning 15–18 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan intellektual olimpiadada universitetning “Zakovat” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika miqyosida munosib natijani qayd etdi.

Shu munosabat bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev “Zakovat” jamoasi a’zolari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida shashka bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasining respublika miqyosida 2-o‘rinni egallagani, “Breyn-ring” bahslarida esa kuchli jamoalarni mag‘lub etib, chorak finalgacha yetib borilgani alohida e’tirof etildi.

Muloqotda 2026 yildan boshlab universitet miqyosida mavsumiy intellektual o‘yinlarga start berilishi ma’lum qilindi. Bu tashabbus talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilmiy va mantiqiy fikrlashga keng jalb etish maqsadida tashkil etilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, universitet rektori jamoa murabbiyi va “Zakovat” jamoasi a’zolariga erishilgan natijalar uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishga ishonch bildirdi.


Ulashish:
1 952
Boshqa rubrikalarda mashhur

Faxriy ustozlar holidan xabar olindi va Yangi yil munosabati bilan esdalik sovg‘alar topshirildi.
Har yilgi an’anaga muvofiq, universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Yangi yil arafasida jamoada uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan va ta’lim-tarbiya sohasiga...
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar qishki ta’tilga to‘liq kuzatildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025–2026 o‘quv yili qishki ta’tili munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga xavfsiz va tartibli ravishda kuzatish ishlari amalga oshirildi.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarning o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.