Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Rahbar ayol va talaba-qizlar o‘rtasida uchrashuv o’tkazildi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari va Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Normurodova Gulnora Ikromovna, Universitet Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Z.R.Qosimova ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, islohotlarning amaliy natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda ayol-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarli qilish, bandligini ta’minlash, ularning jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylandi.

O‘tkazilgan tadbir fakultetda tahsil olayotgan ijodkor qizlari tomonidan o‘tkazilgan mushoira bilan qizg‘in kechdi. Interfaol tarzda tashkil etilgan uchrashuv savol- javoblarga boy o‘tib, qizlar rahbar ayol bo‘lishning mas’uliyati hamda sharafi haqida taassurotlarga ega bo‘ldi.