Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Rahbar ayol imiji qanday bo‘lishi kerak?

JDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilgan tadbirda rahbar ayol imiji, ya’ni kasbiy, ijtimoiy, oilaviy, shaxsiy imiji kabi sifatlari haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. O‘z ishida qat’iyatlilik, sabr-toqat va maqsadini oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolni muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Tadbirda Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Normurodova, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi H.Ne’matova, shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari Z.Abduvaliyevalar o‘zlarining rahbarlikkacha bo‘lgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari va qiyinchiliklari, oilani, o‘zini qadrlashi, farzand tarbiyasi haqida talaba qizlarga maslahat hamda tavsiyalar berdilar.

Tadbir davomida mavzuga oid videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.

Uchrashuv o‘zaro fikr va mulohazalar, qiziqarli savol javoblarga boy tarzda hamda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.